Maxfiylik siyosati
MAXFIYLIK SIYOSATI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — “Siyosat”) “TAQSIM SARMOYA” MChJ tomonidan Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
1.2. Mazkur Siyosat “TAQSIM ESTATE” elektron platformasidan foydalanish jarayonida Foydalanuvchilardan olinadigan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi va Foydalanuvchi kelishuvining ajralmas qismi hisoblanadi.
1.3. Foydalanuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tishi, buyurtma yuborishi, shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim etishi yoki Platformadan boshqa tarzda foydalanishi orqali mazkur Siyosat shartlariga rozilik bildiradi hamda o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarining ushbu Siyosatda nazarda tutilgan tartibda qayta ishlanishiga rozilik beradi.
1.4. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, shu jumladan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi:
· O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
· O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni;
· O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;
· O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
· O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni;
· shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.
2. ASOSIY TUSHUNCHALAR
2.1. Platforma — “TAQSIM ESTATE” elektron platformasi bo‘lib, ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish, buyurtmalarni qabul qilish, Foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotish jarayonini texnik jihatdan ta’minlovchi axborot tizimi.
2.2. Kompaniya — “TAQSIM SARMOYA” MChJ.
2.3. Foydalanuvchi — Platformadan foydalanayotgan, Platformada ro‘yxatdan o‘tgan yoki ro‘yxatdan o‘tmasdan undan foydalanayotgan jismoniy shaxs.
2.4. Shaxsga doir ma’lumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron, qog‘oz yoki boshqa tarzda qayd etilgan har qanday axborot.
2.5. Maxfiy axborot — Foydalanuvchidan Platformadan foydalanish jarayonida olingan, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlar va qonunchilikka muvofiq himoya qilinadigan boshqa ma’lumotlar.
2.6. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish — shaxsga doir ma’lumotlarni tiklash imkoniyatisiz butunlay o‘chirish yoki yo‘q qilishga qaratilgan harakatlar.
3. MAXFIYLIK SIYOSATINING PREDMETI
3.1. Mazkur Siyosat “TAQSIM SARMOYA” MChJ tomonidan “TAQSIM ESTATE” elektron platformasidan foydalanayotgan Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, foydalanish va himoya qilish tartibini belgilaydi.
3.2. Mazkur Siyosat Foydalanuvchi tomonidan Platformadan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish, buyurtma yuborish, ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash, muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonida hamda Kompaniya bilan o‘zaro munosabatlar davomida taqdim etilgan barcha shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
3.3. Foydalanuvchiga tegishli shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish “TAQSIM SARMOYA” MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs bo‘lib, Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini mazkur Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarda qayta ishlaydi.
3.4. Kompaniya zarur hollarda Platformaning ishlashini ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin.
4. QANDAY MA’LUMOTLAR QAYTA ISHLANADI
4.1. Kompaniya Foydalanuvchining Platformadan foydalanishi, ro‘yxatdan o‘tishi, buyurtma berishi, ko‘chmas mulk (kvartira)ni muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonida hamda ushbu jarayon bilan bog‘liq boshqa munosabatlar doirasida taqdim etilgan va avtomatik ravishda olinadigan Konfidensial ma’lumotlarni, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘adi, qayta ishlaydi, saqlaydi va foydalanadi.
4.2. Kompaniya quyidagi turdagi ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin:
· shaxsga doir ma’lumotlar;
· Foydalanuvchining aloqa ma’lumotlari;
· texnik ma’lumotlar;
· to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
· boshqa qonunchilikka muvofiq va mazkur Siyosat maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
· 4.3. Platformada ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar:
· F.I.Sh.;
· telefon raqami;
· elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
· pasport yoki identifikatsiya ma’lumotlari (talab etilgan bo’lsa);
· boshqa identifikatsiya va aloqa ma’lumotlari.
4.3.1. Ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonida taqdim etiladigan ma’lumotlar:
· tanlangan ko‘chmas mulk (kvartira) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
· daromad va moliyaviy holatni baholash uchun zarur ma’lumotlar;
· to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar;
· Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar.
· 4.3.2. Avtomatik ravishda olinadigan texnik ma’lumotlar:
· IP-manzil;
· cookie-fayllar ma’lumotlari;
· foydalanilayotgan qurilma turi;
· operatsion tizim turi;
· brauzer turi;
· Platformadan foydalanish tarixi;
· Platformadagi harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
· tashrif vaqti va davomiyligi;
· boshqa texnik va statistik ma’lumotlar.
4.4. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:
· Foydalanuvchini identifikatsiya qilish;
· Platformadan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
· ko‘chmas mulkni muddatli to‘lov asosida sotish bo‘yicha jarayonlarni amalga oshirish;
· Foydalanuvchining to‘lov qobiliyatini baholash (skoring)ni amalga oshirish;
· zarur hollarda kredit tarixiga oid ma’lumotlarni olish va qayta ishlash;
· Foydalanuvchi bilan aloqa qilish;
· xizmatlar va takliflar to‘g‘risida axborot yuborish;
· qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda.
4.5. Foydalanuvchi ushbu Siyosat va Platformadan foydalanish shartlarini qabul qilish orqali quyidagilarga ham rozilik beradi:
· Kompaniya tomonidan xabarnomalar, axborot xabarlari va reklama materiallarini yuborilishiga;
· O‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va foydalanishga;
· Foydalanuvchining to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) maqsadida zarur ma’lumotlarni qayta ishlashga;
· qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda kredit tarixiga oid ma’lumotlarni olish va qayta ishlashga.
4.6. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini va to’g’riligini mustaqil tekshirish majburiyatini olmaydi, bundan qonunchilikda yoki tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar mustasno.
4.8. Foydalanuvchi Kompaniyaga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va qonuniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
4.9. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida ularni ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish va boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur tashkiliy, huquqiy va texnik choralarni ko‘radi.
4.10. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda hamda mazkur Siyosatda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlaydi.
5. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH MAQSADLARI
5.1. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
· Foydalanuvchi va Kompaniya o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlar, shu jumladan ushbu Siyosat, Foydalanuvchi kelishuvi va boshqa tegishli hujjatlar shartlarini bajarish;
· Platformaning ishlashini ta’minlash va uning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish;
· Kompaniyaning qonuniy huquq va manfaatlarini amalga oshirish;
· O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga rioya qilish.
· 5.2. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:
· Foydalanuvchiga Platformadan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
· Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qilish;
· Foydalanuvchining shaxsiy kabineti va Platformadagi xizmatlardan foydalanishini ta’minlash;
· ko‘chmas mulk (kvartira)ni muddatli to‘lov asosida sotib olish jarayonini tashkil etish;
· Foydalanuvchining murojaatlari va buyurtmalarini ko‘rib chiqish;
· Foydalanuvchi bilan bog’lanish, xabarnomalar, so‘rovlar va Platforma faoliyatiga oid boshqa axborotlarni yuborish;
· Foydalanuvchining to‘lov qobiliyatini baholash (skoring) jarayonini amalga oshirish;
· zarur hollarda kredit tarixi va moliyaviy holatga oid ma’lumotlarni olish hamda qayta ishlash;
· firibgarlik, noqonuniy harakatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish;
· Foydalanuvchiga xizmatlar, takliflar, aksiyalar va reklama-axborot materiallarini yuborish;
· Platforma faoliyatini takomillashtirish va yangi xizmatlarni ishlab chiqish;
· statistik, tahliliy va tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
· Kompaniyaning va Foydalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish.
5.3. Agar shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qo‘shimcha maqsadlar yuzaga kelsa yoki qonunchilik talablari shuni talab qilsa, Kompaniya Foydalanuvchidan alohida qo‘shimcha rozilik olish huquqiga ega.
5.4. Mazkur Siyosat ushbu Siyosat kuchga kirishidan oldin va keyin Kompaniya tomonidan olingan shaxsga doir ma’lumotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
6. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI YIG’ISH, SAQLASH,
UZATISH VA BOSHQA QAYTA ISHLASH TARTIBI
6.1. Kompaniya tomonidan qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
6.2. Kompaniya Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini saqlashni ta’minlaydi hamda ularga ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish va boshqa noqonuniy harakatlarning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘radi.
6.3. Shaxsga doir ma’lumotlardan Kompaniya xodimlari tomonidan faqat mazkur Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan doirada foydalaniladi.
6.4. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarni quyidagi hollarda uchinchi shaxslarga taqdim etishi mumkin:
· Foydalanuvchining roziligi mavjud bo‘lgan hollarda;
· O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq;
· Platforma faoliyatini ta’minlash, xizmatlarni ko‘rsatish va mazkur Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan hollarda.
6.5. Kompaniya Platformaning ishlashi, texnik xizmat ko‘rsatish, axborot tizimlari, tahlil, xabarnomalar yuborish, to‘lovlarni amalga oshirish, skoring jarayonlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilishi mumkin.
Bunday hollarda Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlarga kirish faqat tegishli xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda taqdim etilishini ta’minlaydi.
6.6. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati ularni yig‘ish va qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan davr bilan yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan muddatlar bilan belgilanadi.
6.7. Kompaniya tomonidan qayta ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan axborot tizimlarida saqlanishi mumkin.
6.8. Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan vositalardan foydalangan holda hamda bunday vositalardan foydalanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
7. TARAFLARNING HUQUQLARI
7.1. Foydalanuvchining huquqlari:
7.1.1. Foydalanuvchi Saytda taqdim etilgan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini mustaqil ravishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega;
7.1.2. Foydalanuvchi Saytda taqdim etilgan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirishni talab qilish huquqiga ega. Shaxsiy ma’lumotlarning o‘chirilishi Sayt xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining to‘liq yoki qisman cheklanishiga olib kelishi mumkin;
7.1.3. Foydalanuvchi so‘roviga asosan Kompaniyadan o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish huquqiga ega;
7.1.4. Foydalanuvchi Kompaniyada o‘zining shaxsiy ma’lumotlari mavjudligi va ularning hajmi to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega;
7.1.5. Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga kirish shartlari va ularni qayta ishlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega;
7.1.6. Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligini qaytarib olish huquqiga ega;
7.1.7. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlari noto‘g‘ri, eskirgan, to‘liq bo‘lmagan yoki qonunga xilof ravishda olingan hollarda ularni aniqlashtirish, yangilash yoki qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatishni talab qilish huquqiga ega;
7.1.8. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
7.2. Kompaniyaning huquqlari:
7.2.1. Kompaniya ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega;
7.2.2. Kompaniya qonunchilikda va ushbu Siyosatda nazarda tutilgan hollarda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish huquqiga ega;
7.2.3. Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, huquqiy va texnik choralarni belgilash hamda qo‘llash huquqiga ega.
8. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Ushbu Siyosatda tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
8.2. Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tushuntirish olish uchun Kompaniyaga murojaat qilish huquqiga ega.
8.3. Agar Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlansa, Foydalanuvchi Kompaniyaga yozma murojaat orqali bunday shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishni talab qilish huquqiga ega. Murojaatda shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, noqonuniy foydalanilayotgan shaxsiy ma’lumotlarning tarkibi hamda ushbu holatga oid tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
8.4. Kompaniya Foydalanuvchining alohida roziligini olmagan holda ushbu Siyosatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.
8.5. Ushbu Siyosatga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu hujjatda aks ettiriladi. Siyosat yangi tahrir bilan almashtirilgunga qadar amal qiladi.
8.6. Ushbu Siyosatning amaldagi tahriri Saytda erkin foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda joylashtiriladi.
